Fakultetlar

Filologiya fakulteti

o'qituvchilar     Filologiya fakul’teti bakalavr, magistratura va aspirantura yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi: O’zbek filologiyasi, Slavyan filologiyasi, ingliz filologiyasi, qozoq filologiyasi.
    Fakultetda 6 ta kafedra faoliyat ko`rsatadi:
Chet tillar kafedrasi(mutaxassislik),
Chet tillar kafedrasi (fakultetlararo),
Rus tili va adabiyoti kafedrasi,
O`zbek adabiyoti kafedrasi,
O`zbek tilshunosligi kafedrasi,
Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi.
    Ularda 6 ta professor, 15 ta fan nomzodi dotsentlar faoliyat ko`rsatadi. lingafon     Fakul’tet professor-o’qituvchilari o’quv jarayoniga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni tadbiq etish borasidagi ishlarda faol qatnashishmoqda. Professor-o’qituvchilar yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari yaratmoqdalar. Respublika va xorij o’quv yurtlari bilan hamkorlik o’rnatilgan. Bular jumlasiga Pushkin nomli Moskva pedagogika universiteti, Balashîvî universiteti, Kembrij universiteti(Angliya), Chimkent universiteti (Qozog’iston), O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, O’zMU, SamDU, TDPU, TDJTU kiradi. Fakul’tet professor-o’qituvchilari Rossiya milliy markazi, Ko’ngillilar jamiyati (Korpus mira), Gyote institutlari bilan hamkorlik o’rnatishgan.
     Fakultet kafedralarida dolzarb ilmiy mavzularda tadqiqot ishlari olib borilmoqda:“O’zbek adabiyotining dolzarb muammolari”, “O’zbek tili va xalq tili  munosabati muammolari”, “Infîrmatsion texnalogiyalar orqali kommunikativ ta’limning  uzluksizligi”, “Uzluksiz  ta’lim tizimida  rus tili va adabiyotini  o’qitishning dolzarb  masalalari”, “Qozoq tili va adabiyotining dolzarb muammolari va o’qitish metodikasi” kabi ilmiy muammolar shular jumlasidandir.
    lingafonIlmiy –tadqiqot ishlariga talabalar ham jalb qilingan. Har yili til va adabiyot, uni o’qitish masalalariga bag’ishlangan ilmiy nazariy anjumanlar o’tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2005-2006 yillarda  fakultetda “Uzluksiz ta’lim tizimida  rus tilini  yangi pedogogik texnologiyalar asosida o’qitish  muammolari ” mavzusida Respublika miqyosidagi  ilmiy-nazariy anjuman o’tkazildi. 2007-2008 yili O’zbek adabiyoti kafedrasi “Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida” kitobining taqdimot marosimini o’tkazdi. Marosimda atoqli adabiyotshunos olimlar, shoirlar va yozuvchilar ishtirok etishdi. Adabiyotshunos olimlardan prof.U. Normatov, N.Karimov S.Umirov yozuvchilardan O’.Hoshimov va Guliston davlat universiteti O’zbek adabiyoti kafedrasi mudiri dotsent U.O’ljaboevlar ma’ruza qilishdi. Shuningdek, to’rt yildan buyon ingliz tili  umumta’lim fani bo’yicha mutaxassis yo’nalishi talabalari  o’rtasidagi Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo’lib o’tadi.
     Fakultetda "Yosh olimlar kengashi" bilan birga mavjud kafedralarning barchasi qoshida Kichik maktab va fan to’garaklari faoliyat olib bormoqda. "Yosh she’rshunos", "Yosh adabiyotshunos", "Xalq tili", "Russkoe slovo", "Yosh jurnalist", "Slovesnik" kabi to’garak va klublarga  iqtidorli talabalar jalb qilingan bo’lib, ularning ilmiy izlanishlari natijalari kitob holida muntazam nashr qilinib kelinadi.
    O’zbek adabiyoti va O’zbek tilshunosligi kafedralari qoshida magistratura ta’lim yo’nalishi mavjud bo’lib, magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini nomzodlik ishigacha olib chiqishda uzluksizlik ta’minlangan. O’zbek tilshunosligi kafedrasi  qoshida aspirantura ham mavjud bo’lib, yo’nalishlar bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedralar qoshida ilmiy-uslubiy seminarlar muntazam faoliyat yurityapti.
     Shuningdek, kafedralarda har yili 1ta doktorlik, 4 ta nomzodlik dissertatsiyalari seminar va tashqi taqrizlardan o’tkaziladi. Ijodkorlarning tavallud sanalari  belgilab qo’yilib, tadbirlar tashkil etiladi.
    lingafon Bugungi kunda fakultetning moddiy-texnik va laboratoriya bazasi kengaydi: 4 ta kompyuter, 1 ta audio-video sinfi bilan birga professorlar Akram Kattabekov, Xudoyberdi Doniyorov nomidagi kabinet muzeylari, O’zbekiston Xalq shoiri To’ra Sulaymon nomidagi o’quv auditoriyasi, Roman-german yo’nalishida o’qiydigan talabalar uchun esa alohida kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
    Fakultetda 695 nafar talaba tahsil olmoqda. Ingliz filologiyasi yo’nalishi 3- bosqich talabasi Rahimova Dilbar Nurilloevna “Kelajak ovozi” jamg’armasining “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar” tanlovi stipendianti bo’ldi. Fakul’tetda “Mehr nuri” jamg’armasi ta’lim granti sohiblari ham mavjud. Ular 1-31-guruh talabasi Muxtorova Shaxlo hamda 1-43 guruh talabalari Mahmudov Alimardon va Atabayev Hamidlardir.