Ilmiy-amaliy va loyihaviy ishlar
Guliston davlat universitetida bajarilayotgan ilmiy, innovatsion loyihalar va bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlari
nGaAs-p(GaAs)1-x (ZnSe)x-n-(GaAs)1-x (ZnSe)x qattiq qotishmaning yarimo’tkazgichli elektrik, fotoelektrik xossalarining nazariy eksperimental tadqiqoti va pSi-n(Si2)1-x-y (GaAs)x (ZnSe)y  yangi o’zgaruvchan strukturani o’stirish.
Tatbiqi: Loyihada,  suyuq fazada   qalay va qo’rg’oshin eritmasida o’stirilgan nGaAs-p(GaAs)1-x (ZnSe)x-n-(GaAs)1-x (ZnSe)x  strukturaning  elektrofizik  va fotoelekrik xossalari xamda  pSi-n(Si2)1-x-y (GaAs)x (ZnSe)y,  yangi varizon strukturani  o’stirish  ko’zda  tutilgan.  Yangi strukturaning  elektrofizik  va fotoelektrik xossalarini  o’rganish ushbu qattiq  qotishmalarning   tuzilishini o’rganish  kelajakda  ulardan  elektronika sanoatida  foydalanish   imkoniyatini beradi.   Shuningdek qotishmalar olishda Al1-xGax As ni (GaAs)1-x(ZnSe)x, .ga almashtirish imkoniyatini yaratadi.  Chunki bu qotishmalarni  o’stirishni  texnologik va iqtisodiy jixatdan  foydali  tomonlari mavjud. Arsenid  galliy  taglikda  yupqa varizonli   qattiq qotishmalar   o’stirish texnologiyasi  arzon va past temperaturada   ekologik toza   qalay eritmasida (Sn)  GaAs -(GaAs)1-x (ZnSe)x va pSi-n(Si2)1-x-y (GaAs)x (ZnSe)y strukturani o’stirish imkoniyatini beradi. 
 Yozma bayoni: Bu struktura   xozirgi zamon   elektronikasida  muhim bo’lgan   qizil va sariq  nurlanuvchi  diodlar  tayyorlash   imkonini beradi.  Strukturani   o’stirishda    qo’llaniladigan  texnologik  jarayonlar yangi  tipdagi   yarimo’tkazgichli  materialni  sintez  qilish imkonini beradi.  Ushbu strukturada  kremniy  ishtiroki  texnologik  jarayonlarni   soddalashtirish imkonini beradi.
O’zgaruvchan sohali (GaAs)1-x (ZnSe)x qattiq qotishmalarni o’stirish imkoniyati mualliflar tomonidan yangi hodisani ya’ni 4-guruh elementlarining molekulalar tarzida namoyon bo’lishi va ularning (IV2 )(A3 B5) sistemada qattiq qotishmani hosil qilish hodisaning yaratilishi tufayli yuzaga keldi.  A3 B5  birikmalarning suyuq fazada molekulalarning mavjud bo’lishi mumkin bo’lsa, A2B6  birikmalarni ham yarimo’tkazgichli molekulalari ham mavjud degan xulosaga kelish mumkin. Bu yarimo’tkazgich materiallar suyuq metallda erish temperaturasidan 4000S-5000S past temperaturada erishi mumkin. Bu xulosalar yangi tipdagi (A3 B5) (A2B6) o’zgaruvchan sohali qattiq qotishmalarni o’stirish imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi. Bu esa o’zgaruvchan sohali yarimo’tkazgichlar materialshunosligida yangi yo’nalishni ochish imkonini beradi.
 Asosiy xarakteristikalari: Bu tadqiqot  arsenid galliy asosida quyosh batareyalarini yaratishda yangi strukturadan foydalanshi imkonini beradi. Keng sohali Al1-xGax As ni (GaAs)1-x(ZnSe)x, .ga almashtirib,  yangi o’stirilgan geterostruktura  asosida qizil va sariq rangli nurlantiruvchi  yarimo’tkazgichli asboblar yaratish mumkin.
            Ishlanganlik darajasi: Tadqiqotning o’rganilganligi-50 %, ITI-30%
OKR-0 %, ishlab chiqarishga tayyorlash-0%.
            Mualliflik huqiqini ximoya qiluvchi xujjatlar:
1.     Gaimnazarov K.G. Risboev T.R. i dr. Sposob polucheniya varizonno’x sloev (GaAs)1-x (ZnSe)x, Polojitelno’e reshenie gosudarstvennoy patentnoy ekspertizo’ ot 12. 06. 2000g. ot zayavki IDP 20000442
2.    Gaimnazarov K.G. i dr. Sposob polucheniya varizonno’x sloev (GaAs)1-x (ZnSe)x, Polojitelno’e reshenie gosudarstvennoy patentnoy ekspertizo’ ot 22.04 1998 g. ot zayavki IH DP 9800269.1
 Hamkorlik bo’yicha taliflar: Xo’jalik shartnomalari asosida tadqiqotlar olib borish mumkin.
Ishlanmada ishtirok etuvchilar: fiz.-mat. fanlari nomzodi dots. Risboev T. fiz.-mat. fanlari d-ri  prof. Saidov A.S. fiz.-mat. fanlari nomzodi dots. Juraev U.B. fiz.-mat. fanlari nomzodi dots. Elmurodov R.U fiz.-mat. fanlari nomzodi Davlatov U. T.  O’qituvchi Gaimnazarov K.G.
Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning yuqori samarali
ishchi organlari

Tatbiqi: Ish tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning foydalanish-texnologik ko’rsatkichlarini oshirishga bag’ishlangan.
          Yozma bayoni: Tumshuq qismlari ikki qatlamli, ikki faskali shaklga ega bo’lgan tuproq kesuvchi ishchi organlarning yangi geometrik shakllari ishlab chiqilgan.Ularning ma’lum tuproq sharoiti uchun aniqlangan maqbul qiymatlari tez eyiluvchi tumshuq qismlari va sekin eyiluvchi boshqa qismlari orasidagi resursdagi farqni tenglashtirish uchun uni birinchisining resursini kerakli miqdorgacha oshirishni ta’minlaydi. Bunda uch masala birdaniga echiladi, birinchisi-samarali o’zi charxlanishi ta’minlanadi, ikkinchisi-mustahkamlik va uzoq xizmat qilishlik 4...5 marta oshadi, uchinchisi-eyilishlari o’zaro bog’langan qismlarining teng resursliligiga erishiladi.
Asosiy xarakteristikalari: Yuqori resursli PYaSh-01.200EN lemexlarining qo’llanishi erni shudgorlash agregatining unumdorligini tortish qarshiligini 19 % ga va lemexlarni almashtirishga ketadigan vaqtning kamaytirish hisobiga 11, 6 % ga oshirish (ularning resursini 2.5…4 marta oshirish hisobiga), maqbul parametrlarga ega bo’lgan o’zi charxlanuvchi lemexlarga ketadigan po’lat sarfini 68,1 % kamaytirish imkonini beradi. Ikki yarusli pluglarda yuqori samarali lemexlar va iskanalarning qo’llanishi bir agregat uchun yiliga 312482 so’mni (2005 yil narxlariga ko’ra) tejash imkonini beradi.
Yumshatuvchi to’ntarmali panjalarning yangi konstruktsiyalari KXU-4A, KXU-4M kultivator-oziqlantirgichlarda KMX-590  turdagi yon joylashtirilgan ustunlarda ishlatilganda ularning resursini 1.5 marta oshirish va ish sifatini ancha yaxshilash hamda  YoMM sarfini kamaytirishga erishish imkonini beradi
 Ishlanganlik darajasi:
           lemexlarda:     yumshatish panjalarida:
- izlanuvchanlik tadqiqotlari-100%   - izlanuvchanlik tadqiqotlari-100%
- ITI-100%                                             - ITI R-80%
- TKI-80%                                               - TKI-20%
- ishlab chiqarishning tayyorligi-30%  - ishlab chiqarishning tayyorligi-0%
          Huquqiy himoya hujjatlari: Patent ¹3182 RUz. Plujno’y korpus G’G’ Rasmiy axborotnoma.-1999.-¹4.-S.146. Patent ¹ 02539 RUz. Ro’xlitelnaya oborotnaya lapa. G’G’Rasmiy axborotnoma.-2005.-¹1(57).-S.7
          Hamkorlik bo’yicha takliflar: Korxonalar bilan shartnomalar yoki hamkorlik qilish haqida kelishuv shartnomalar tuzish mumkin.
          Ishlanmada ishtirok etuvchilar: Texn. fan. dok.  K.K.Nurievning  «Agroinjener» nomli ilmiy maktabi.

«Fermer xo’jaliklari uchun quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligi yuqori bo’lgan tajribaviy issiqxonani yaratish».
Tatbiqi:   Kichik fermer xo’jaliklari uchun mo’ljallangan, konstruktiv va issiqlik-texnikaviy parametrlari optimallashtirilgan yarim tsilindr shaklidagi bir va ikki qavatli plyonkali issiqxonalarning tajribaviy nusxasi yaratildi.
Yozma bayoni: Plyonkali gelioissiqxonalarning nobarqaror issiqlik rejimlarini tadqiq qilishi va issiqlik jamlovchi qurilma asosida ularning konstruktiv va issiqlik-texnikaviy parametrlarini optimallashtirish.
         Asosiy xarakteristikalari: Yarim tsilindr shaklidagi plyonkali issiqxona hajmidan kunduz kunlari olinadigan quyosh nurlanishining ortiqcha issiqligining qiymati 130 VtG’m2 ga etganda uning qisqa muddatli akkumulyatoriga o’tkazilish uchun havo sarfi 970 kgG’soat ga teng. Akkumulyator muhitini havo oqimiga ko’rsatadigan aerodinamik qarshiligi 4,3 m uzunlikdagi akkumulyator uchun 378,1 NG’m2 ga teng. Akkumulyatorga havoni haydovchi ventilyatorning f.i.k. 0,7 bo’lgan elektrodvigatel quvvati 128,8 Vt ni tashkil etadi. Issiqxonaning ichki va tashqi havo haroratini farqi birligiga to’g’ri kelgan issiqlik isrofi o’rtacha havo sharoitida bir qavatli plyonkali issiqxonalar uchun 209 VtG’grad va ikki qavat plyonkali issiqxona uchun 111,8 VtG’grad.
Ishlanganlik darajasi:
-         Ilmiy tadqiqot ishi izlanish orqali bajarilgan-80%
-         Ilmiy tadqiqot asosida bajarilgan –75%
-         Me’yoriy xujjatlar tayyorlangan –20%
-         Ishlab chiqarishga qo’llashga tayyorlash – 10%
Hamkorlik bo’yicha takliflar:  Xo’jalik shartnomasi asosida hamda talab va takliflardan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishi bajarish.
Ishlanmada ishtirok etuvchilar: Tex.fan.nomzodi, dots. Niyozov Sh.K., katta o’qituvchi Abdullaev A.
Ta’lim jarayonida noan’anaviy usullarni qo’llash orqali chet  tillarini o’rgatishning samaradorligini oshirish.
 Tadbiqi: “Iqtisodiyot”, “Tarix”, “Mehnat” ta’limi yo’nalishlari.
 Yozma bayoni: Tanlangan mutaxasissliklari doirasida xorijiy tillar (ingliz va nemis) bo’yicha etarli bilim va ko’nikmalar hosil qilish, til materiallarini tartibga tushira olish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’zlashtirgan bilimlarini takomillashtirish.
 Asosiy xarakteristikalari: Nutq faoliyatini ta’minlaydigan ko’pgina malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, til materiallarini umumlashtirish, ularni qo’llash, nutqning barcha turlaridan mustaqil ishga ahamiyat berib, talabalarning til o’rganish qobiliyatlarini takomillashtirish, o’rtacha qiyinchilikdagi matnlarni tarjima qila olish va davriy matbuotdan o’qilgan materiallarning mazmunini ifoda qila olish.
 Ishlanganlik darajasi: Tajriba birinchi bosqich talabalarida amalga oshirilmoqda.
 Hamkorlik bo’yicha takliflar: AL va KHQ larning malakali o’qituvchilari, Til markazi hamda ingliz tili va adabiyoti kafedrasi a’zolari ham ishtirok etishlari ko’zda tutiladi.
 Ishlanmada ishtirok etuvchilar: Mamajonov Olimjon- loyiha rahbari, Ijrochilar: Bo’taeva Dilbar - katta o’qituvchi, Muhammedova Farog’at - o’qituvchi, Gapparov Abdujalil - o’qituvchi, Uralova Dilfuza - o’qituvchi.
«Slavyan filologiyasiga kirish» deb nomlangan
elektron o’quv qo’llanma.
 Tadbiqi: Xozirgi zamon uzluksiz ta’lim tizimi yangi avlod darsliklari va o’quv qo’llanmalarini yaratishga katta e’tibor qaratgan. Bunday darsliklar faqatgina yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini umushlashuvi asosida tayyorlanishi mumkin. «Vvedenie v slavyanskuyu filologiyu» deb nomlanuvchi elektron o’quv qo’llanmasi filologiya yunalishidagi fanlarni ukitilish jarayonini takomillashtirilishiga xizmat kiladi, talabalarning kompyuter texnologiyalarini qo’llagan xolda mustaqil ishlarini tashkil etishga yordam beradi, talabalarning fikrlash faoliyatini rivojlantiradi, fanni o’rganishga qiziqish uyg’otadi.
 Yozma bayoni «Vvedenie v slavyanskuyu filologiyu» deb nomlanuvchi elektron o’quv qo’llanma o’quv metodik majmua shaklida tuzilgan, modul va kompyuter texnologiyalari uyg’unlashuvi asosida tayyorlangan. 
 Majmua 8 moduldan iborat. Xar bir modul va o’z ichiga ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar uchun vazifalar va ma’lumotlar, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar va o’z o’zini tekshirish uchun nazorat savollarini qamrab olgan. O’quv qo’llanmada asosiy ma’lumotlardan tashqari qo’shimcha axborotlar, adabiyotlar ro’yxati va ushbu fanga tegishli bo’lgan ma’lumotlar kiritilgan. Internet saytlari aks ettirilgan. Ma’lumotlarning giperteksti shaklida tuzilganligi talabalarga o’quv ma’lumotlarni o’ziga qulay tarzda o’rganishiga yordam beradi. Bu degani ular yoki tashishtirishdan, yoki nazorat topshiriqlarini bajarishdan boshlaydi. Nazorat topshiriqlari va test dasturlari talabalarga o’z bilimlarini xar bir modulni yoki butun kursni o’rgangandan tekshirish imkoniyatini beradi. Qo’llanmada jadvallar, diagrammalar, klisterlar, rasmlar, xaritalar olimlarning portretlari mavjud.
 Asosiy xarakteristikalar:          Elektron o’quv qo’llanma Internet Explorer Macromedia Flesh Player Standartlangan dasturlar asosida ishlaydi. Internet saytlaridagi ko’rsatmalar tarmoqda joylashgan ma’lumotlarni tez topishga yordam beradi.
 Ishlanganlik darajasi. Qo’llanmaning tayyorlanishi tugatilgan. Elektron  o’quv qo’llanma Guliston davlat universiteti o’quv jarayonida qo’llanilmoqda.
Xamkorlik bo’yicha takliflar. Buyurtma asosida rus tili bo’yicha qo’llanma oliy o’quv yurtlari, maktablar, litseylar va kollejlar uchun tayyorlanishi mumkin.
Ishlanmada ishtirok etuvchilar. Dotsent Xodjaeva L.V., ATM markazi raxbari Burxiev O.
«Stereometrik masalalarni echish»
Yo’nalishi:  Kasb – hunar kollejlari  va akademik litseylarida  matematikadan  o’quv qo’llanma
Mohiyati:  O’quv  qo’llanma  KHL  va AL  talabalari  uchun  stereometrik masalalarni echishni  chuqurlashtirish,  ta’lim tizimida  matematika  o’qituvchilarining malakalarini oshirish   va  oliy  o’quv  yurtiga kiruvchi  abitruentlar uchun  stereometrik masalalarni echishni  o’rgatishga   mo’ljallangan. O’quv qo’llanma  A.V. Pogorelovning  “Geometriya 7-11 sinflar” va  A.N. Zemlyakovning  “Geometriya 9 sinf”  kitoblaridagi  masalalarni  echishga  qaratilgan.
 Asosiy  tavsiflari: O’quv  qo’llanma  AL  va KHK  talabalarini  stereometrik masalalarini echishni chuqurroq  o’rganish, matematika  o’qituvchilarining  ilmiy  va metodik saviyasini  ko’tarishga yordam beradi.  Oliy  o’quv  yurtiga kiruvchi abitruentlar uchun  matematik  masalalarni  klassifikatsiyalash imkoniyatini yaratadi.   O’quv  qo’llanmada  stereometrik aksiomalar,  to’g’ri  chiziq  va tekislikning o’zaro  paralleligi,  dekart  koordinatalar sistemasi  va vektorlar,  ko’pyoqlilar,  aylanma  jismlar, sirtlar, xajmlar  va h.okozo tushunchalar  o’rganish  usullari keltiriladi. 
 Ishlanmaning  tugallanish darajasi:  O’quv  qo’llanma chop etilgan. X.Norjigitov, Ch.E. Mirzaev  «Stereometrik  masalalarni echish» Toshkent. 2004 g. «Bilim»,  1260  nusxa, 207 str.
 Xamkorlik  qilish  uchun takliflar:  O’quv  qo’llanma  maktab, AL, KHK, matematika  o’qituvchilari  va  abitruentlar uchun  zarurligi, lekin  sotuvda  hozir yo’qligi  sababli  o’quv  qo’llanmani  qaytadan kamida  1000 nusxa  chop  ettirish  maqsadga  muvofiq.  Har bir  dona  o’quv  qo’llanmaning  narxi  3500  so’m deb  belgilansa xarajatlardan  qolgan  foyda  kamida  3-3,5 mln so’m  bo’lishi  mo’ljallanmoqda.
 Ishlanma  mualliflari: Mirzaev Ch.E.  dotsent, Norjigitov X katta  o’qituvchi.
Shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) o’simligi ekish asosida sho’rlanganG’tashlandiq ekin maydonlarini qayta tiklash
            Tatbiqi: Sho’rlangan erlarni qayta tiklash va ushbu maydonlarga yuqori ozuqa ratsioniga ega bo’lgan o’simliklarni ekish hamda tuproq unumdorligini oshirish asosida qishloq xo’jaligiga foydalanishga qaytarish muhim ahamiyatga ega. Ushbu muammoni fitomeliorantlardan foydalanish asosida “Sho’rlangan erlarni ekologik qayta tiklash” usuli yordamida amalga oshirish mumkin.
            Yozma bayoni: Sho’rlangan ekin maydonlarini qayta tiklashda katta mablag’ va  texnik vositalar talab etiladi. Lekin ushbu muammoni hal etishning arzon usullari ham mavjud. Bu o’simliklar resurslaridan foydalanishdir.
Sho’rlangan tuproqlarni qayta tiklash va unumdorligini oshirishda fitomeliorant - Glycyrrhiza glabra (Shirinmiya) muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simlikdir.
Glycyrrhiza glabra (Shirinmiya) dukkakdoshlar (Fabaceae L.) oilasiga kiradi. Shirinmiyaning ildizida atmosferadan azotni fiksatsiya qiluvchi bakteriyalar bo’lib, bu tuproqni azotli birikmalar bilan boyitish imkoniyatini beradi. Shirinmiyaning bo’yi 1,5 m gacha bo’lib, ko’p yillik o’tli o’simlikdir. O’simlikning ildizpoyalari 1 metr va undan ham uzunroq bo’lib, suv izlab 17 metrgacha o’sib borishi mumkin. Tabobatda o’simlikning ildizidan ko’pgina xastaliklarni davolashda foydalaniladi va shuning bilan birga er ustki yashil massasidan chorvachilikda oqsilga boy ozuqa sifatidan foydalaniladi.
Tuprog’i yuqori sho’rlangan maydonlarda ekilgan shirinmiyaning yashil massasidan 4 yil davomida har gektar maydondan 3,6 tonnadan 5,1 tonnagacha ozuqa va shuningdek, ildizidan esa 5,5 tonnadan 8,5 tonnagacha xom ashyo tayyorlanishi kuzatilgan. O’simlikning ildizidan oziq ovqat sanoatida turli xil ichimliklar tayyorlashda va tabobatda esa turli xil dori lar olishda foydalaniladi.
Yuqori sho’rlangan erlarga ekilgan shirinmiyaning ildizi yig’ib olingandan so’ng uning o’rniga ekilgan paxta va g’alladan nazoratga nisbatan yuqori hosil olingan: bug’doy hosildorligi gektaridan 0,87 tonnadan 2,42 tonnagacha, paxta hosildorligi esa 0,31 tonnadan 1,09 tonnagacha ortganligi kuzatilgan.
            Asosiy xarakteristikalari: Shirinmiyaning yuqori sho’rlangan erlarni qayta tiklashdagi uchta muhim xususiyatlarini qayd etish mumkin:
1.     Sizot suvlari sathini pasaytirishi
2.     Tuprqda tuz miqdorini kamaytirishi
3.     Tuproqda organik moddalar miqdorini oshirishi
Sho’rlangan tuproqlarni qayta tiklash va uni ishlab chiqarishga qaytarishda shirinmiya o’simligi eng muhim va katta sarf xarajat talab etmaydigan alternativ usullardan biridir. Shuningdek, shirinmiya fermerlarga qo’shimcha daromad keltiruvchi va ekologik muhitni yaxshilash va bioxilmaxillikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simlikdir.        
            Ishlanganlik darajasi: Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani, G’alaba xo’jaligi hududida sho’rlanish tufayli foydalanishdan chiqib ketgan ekin maydonlarining 100 gektariga fermerlarni jalb qilingan holda ekilgan.
            Ishlanmada ishtirok etuvchilar: Guliston davlat universiteti, Umumiy biologiya kafedrasi qoshidagi eksperimantal biologiya laboratoriyasi,  IVMI xalqaro instituti, O’zR FAning Botanika instituti
O’simlikning o’sishini tezlashtiruvchi va bug’doyning zamburug’li kasalliklariga qarshi ta’sir etuvchi preparat
Tatbiqi: O’simlikning o’sish va rivojlanishini tezlashtiruvchi hamda bo’g’doyning zamburug’li kasalliklariga qarshi ta’sir effektiga ega va ekologik bezarar bo’lgan preparat yaratilgan.
Preparat mahalliy xom ashyo asosida tayyorlangan bo’lib,  atrof muhit ekologiyasiga zaharli t’sirga ega emas.
Yozma bayoni: Oxirigi yillarda donli ekinlarni kenga maydonlarda ekilishi bilan birga ko’pgina zamburug’li (sariq, qo’ng’ir), barg dog’lanishi (gelmentosporioz, fiziologik va sariq dog’lanish) kabi kasalliklarni ko’payib borishi kuzatilmoqda. Ushbu kasalliklarning ularga qarshi qo’llanilayotgan ayrim preparatlarga nisbatan moslashib qolish holatlari ham kuzatilmoqdaki, bu iqtisodiy jihatdan ham salbiy holatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Zamburug’li kasalliklar, jumladan, sariq zang kasalligi donli ekinlarga eng katta zarar keltiruvchi zamuburg’li kasallikdir. Ushbu kasallik bahor oylarida (2-15 °S) eng avj olib rivojlanib, o’simlikning o’sish rivojlanish va hosil sifatiga zarar keltiradi. Uning bug’doy hosildorligini 20g’60% gcha kamaytirish holatlari kuzatilgan.
Hozirgi vahtda ushbu zamburug’li kasalliklarga qarshi Tilt, Bayleton kabi chetdan keltiriluvchi ko’pgina preparatlar qo’llanilmoqda. Lekin bu preparatlar qimmat, ekologik jihatdan zaharlilik darajasi yuqori. Shuningdek, bu preparatlarga nisbatan zamburug’li kasalliklarning chidamlilik darajasi ortib borishi ortib bormoqda.
Ushbu muammoni hal etish bilan bog’liq holda mahalliy xom ashyo asosida o’simliklarning o’sish-rivojlanishini tezlashtiruvchi va bug’doyning zamburug’li kasalliklariga qarshi ta’sir etish xususiyatiga ega bo’lgan preparat yaratildi.
Osnovnie xarakteristiki: Yaratilgan preparat (poroshok) qramtir rangda bo’lib, shirin ta’mli va o’ziga xos hidga ega. Suvda, spirtda va boshqa erituvchilarda eriydi. Preparat giroskopik, o’simlikni o’sish rivojlanishini tezlashtirad, bug’doyning zamburug’li kasalliklari, jumladan, zang kasalliklariga qarshi samarali ta’sir etish xususiyatiga ega.
Farmakologiya laboratoriyasida o’tkazilgan tadqiqotlar, preparatni ekologik jihatdan kam zaharlovchi moddalar sinfiga kiruvchi preparat ekanligini ko’rsatdi.
Ishlangan darajasi: Tadqiqot ishlar – 85 %, NIR – 80 %. Preparatni standartlash ishlari amalga oshirildi.
Ishlanmada ishtirok etuvchilar: Guliston davlat universitetining “Umumiy biologiya” kafedrasi qoshidagi «Eksperimental biologiya» laboratoriyasi, O’zbekiston Milliy universitetining “Tabiiy moddalar kimyosi” kafedrasi.
  
I. V-13-282. “Resurs tejovchi va ishlatish davrida yuqori ish unumdorligini ta’minlovchi   tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning tez ajraluvchi va aylantirma tuzmali ishchi a’zolarining yangi konstruktsiyalarini ishlab chiqish” mavzusida 2006-2008 yillarda bajarilayotgan amaliy loyiha.

Loyiha ijrochilari to’g’risida ma’lumot. Shtatdagi xodimlar bo’yicha. Loyiha ijrochilari soni-7 nafar. To’liq stavkada,jami- 1 nafar, shu jumladan fan doktori- 1 nafar, O’rindoshlik sifatida,jami- 6 nafar, shu jumladan fan doktori- 1 nafar,  Shtatsiz xodimlarni hisobga olgan holda. Loyiha ijrochilari soni-15 nafar. To’liq stavkada, jami- 1 nafar, shu jumladan fan doktori- 1 nafar,& O’rindoshlik sifatida,jami- 14 nafar, shu jumladan fan doktori- 1 nafar, fan nomzodi- 2 nafar   

  II. Loyixa bajarilishida ishtirok etayotgan magistrlar, aspirantlar, va doktorantlar soni.Shtatdagi xodimlar bo’yicha,  magistrlar-1nafar, talabalar-3nafar                     Shtatsiz xodimlarni hisobga olgan holda, magistrlar-4nafar, aspirantlar-1 nafar, talabalar-3nafar,tadqiqotchi doktorantlar-1nafar, tadqiqotchi izlanuvchilar-3nafar

            III. Ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari.
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadi va vazifasi.                                   
Ilmiy tadqiqotlarning maqsadi-yuqori samarali tez ajraluvchi va aylantirma tuzilmali resurs tejovchi ishchi organlarni ishlab chiqish hisobiga tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning yuqori ish unumdorligini ta’minlash. 
Ilmiy tadqiqotlarning vazifasi – tez ajraluvchi va yig’iluvchi hamda aylantirilma tuzilmali ishchi organlarning amaldagi va eksperimental variantlarini qiyosiy sinash tajribalarini o’tkazish.
IV.   Loyiha bo’yicha olingan natijalar.  
Nashr etildigan o’quv qo’llanmalar 1 ta. Tayyorlangan tavsiyanomalar  2 ta   
1. Nuriev K.K. Rekomendatsii po povisheniyu resursa lemexov i dolot dvux’yarusnix     plugov.  Toshkent, «Fan» AN RUz 2008,    24 s. 
2. Nuriev K.K Rekomendatsii po vibrakovke rabochix organov plugov i  kultivatorov, Toshkent, «Fan» AN RUz,  2008   22 s.  
V.   Ilmiy maqolalar: Xorijiy nashrlarda-yo’q, mahalliy nashrlarda-2  
 1. Nuriev K.K. Issledovanie ustoychivosti xoda po glubine rabochix organov                pochvoobrabato’vayuhix mashin  G’G’ Vestnik GulGU, 2008. 
2. Nuriev K.K., Jomurodov K. Sostavlenie differentsialnogo uravneniya izna- shivaniya  pochvorejuhego lezviya G’G’ Vestnik GulGU, 2008 
Quyidagi maqolalar chop etish uchun nashriyotlarga berildi 
1. Nuriev K.K.,Xudoyberdiev I. Otsenka vzaimosvyazannix  izmeneniy parametrov        strelchatix lap pri iznose G’G’ Vestnik GulGU, 2008 
2..Nuriev K.K  Visokoeffektivnie rabochie organi pochvoobrabativayuhix mashin  G’G’ Vestnik GulGU, 2008. 
3. Nuriev K.K., Analiz nedostatkov proizvodstvennix konstruktsiy pochvorejuhix         rabochix organov po effektivnosti  ispolzovaniya ob’ema metalla na obespecheniya  ix resursa G’G’ Vestnik GulGU, 2008.
Xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtrok  etish. (ma’ruza vaqti va anjuman aniq ko’rsatilishi lozim)   
1. I – Respublika   innovatsion  g’oya  va  loyihalar   yarmarkasida  «Rabochie organi   pochvoobrabatqvayuhix mashin» mavsusidagi ishlanmalar bilan muvaffaqiyatli       ishtirok etildi .Tashkent, 28.04.08…02.05.08 
 2. Nuriev K.K., Baymetov R. Izucheniya razvitiya i klassifikatsiya konstruktsiy sostavnix   i oborotnix  pochvorejuhix rabochix organov G’G’ Problemi razvitiya  agroinjenernoy  slujbi  dlya   fermerskix xozyaystv.  Respub.  NTK  posvyahenniy  75  letiyu  UzMEI,      30…31 may, 2008, 332…341 s. 
3. Nuriev K.K. Fermeru i mexanizatoru o kriteriyax vi brakovki rabochix organov  pochvoobrabativayuhix mashin G’G’ Problemo’ razvitiya agroinjenernoy slujbi  dlya  fermerskix xozyaystv. Respub. NTK posvyahenniy 75 letiyu UzMEI, 30…31 may,    2008, 262…267 s.
 4. Nuriev K.K. Analiz nedostatkov proizvodstvennix konstruktsiy pochvorejuhix rabochix organov po effektivnosti ispolzovaniya ob’ema metalla na  obespecheniya ix    resursa G’G’ Problemi razvitiya agroinjenernoy slujbi dlya fermerskix xozyaystv.   Respub. NTK posvyahenno’y 75 letiyu UzMEI, 30…31 may, 2008, 259…261 s
5.Nuriev K.K. Razrabotka pochvoobrabato’vayuhix rabochix organov obespechivayuhix     ratsionalnoe ix ispolzovanie G’G’ Integratsii vuzovskoy nauki, proizvodstva i     obrazovaniya.  Respub. NTK v TashGTU, 21…24 may, 2008 
6.  Nuriev K.K., Eliboev A.A., Yusufaliev A.T. Razrabotka energo i resursosberegayu-      hix  konstruktivno’x sxem  pochvorejuhix rabochix organov. Respub. NTK  v  TashGTU, 21…24 may, 2008                                                                                                                                         
Davlat patent idorasida  quyidagi talabnomalar asosiy ekspertizadan  o’tmoqda. 
 1. Nuriev K.K., Yusufaliev A.T. Obrorotnaya  lapa s samozatachivayuhimsya noskom   RNZ  ¹ IAP  200770462  
2.Nuriev K.K.,Eliboev A. Bistros’emniy  rabochiy organ pochvoobrabativayuhey  mashini  RNZ  ¹ IAP  20074 463 
3. Nuriev K.K. Vafoev I.I. Ploskorejuhaya  dvuxstoronnyaya lapa. RNZ ¹ IAP   200770464   4. Nuriev K.K., Xudoyberidiev I. Ploskorejuhiy rabochiy organ. RNZ ¹ IAP 200770465
5. Nuriev K.K., Egamov A.T., Kuvandikov Yo. Sostavnoy rabochiy organ pochvoobra-    bativayuhey mashini  RNZ  ¹ IAP  200770466
6. Nuriev K.K. Ro’ziev J. Rabochiy organ dlya rûxleniya pochvi RNZ ¹ IAP   200770467                           

A-8-161 «Xorijdan keltirilgan no’xat navlaridan Mirzacho’l sharoitiga moslashgan navlarni tanlash va etishtirish texnologiyasini yaratish» mavzusida 2006-2008 yillarda bajarilayotgan amaliy loyiha.

 I. Loyiha ijrochilari to’g’risida ma’lumot.

Loyiha ijrochilari soni-8 nafar. 

To’liq stavkada: jami- 3 nafar    O’rindoshlik sifatida: jami- 5 nafar,   shu jumladan fan doktori- 1 nafar,  fan nomzodi- 1 nafar

II. Loyixa bajarilishida ishtirok etayotgan magistrlar, aspirantlar va doktorantlar

   Shtatdagi xodimlar bo’yicha,  aspirantlar-2 nafar, talabalar-2 nafar, tadqiqotchi izlanuvchilar-1nafar.

III. Ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari.

 Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadi va vazifasi.
Ilmiy tadqiqotlarning maqsadi - Ilmiy tadqiqotlarning maqsadi Halqaro IKARDA kollektsiyasidan olingan no’xat nav namunalaridan Mirzacho’lning turli xil sho’rlangan tuproqlari sharoitiga moslashgan  navlarini tanlash va maqbul ekish muddati hamda sxemasini aniqlash.

Ilmiy tadqiqotlarning vazifasi-IKARDA kollektsiyasidan sho’rga chidamli, tezpishar yuqori va sifatli hosil beradigan no’xat navlarini tanlash, laboratoriya sharoitida har xil darajada sho’rlangan tuproqlarda  unib chiqishini aniqlash, tanlab olingan no’xat nav namunalarida ekish muddatlari va sxemasining  ko’chat qalinligiga ta’sirini o’rganish, no’xatni ekish sxemasi va muddatini o’simlikni o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini, don hosildorligiga ta’sirini aniqlash, ekish muddatining don sifatiga ta’sirini o’rganish, turli muddatlarda ekilgan no’xatning tuproq  tarkibidagi ozuqa elementlari miqdoriga ta’siri, maqbul ekish muddati va sxemasining ishlab chiqarishga tadbiq etish, turli ekish muddatlari va sxemalarining no’xat etishtirish bo’yicha  iqtisodiy samaradorligini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.

IV.  Loyiha bo’yicha olingan natijalar.      Nashr etildi

Ilmiy maqolalar: Xorijiy nashrlarda-ikkita, mahalliy nashrlarda-bitta.

1. Mirsharipova G.K., Vliyanie sxem razmeheniya na vijivaemost rasteniy nuta pri osennem  poseve. G’G’«Vavilovskie chteniya-2007» Materiali konferentsii, posvyahennoy 120-y godovhine so dnya rojdeniya akademika Nikolaya Ivanovicha Vavilova.  Chast 1. Saratov.  26-30 noyabrya 2007 g. 

2. R.S. Malhotra, S.B. Djumakhanov, N. Ergashev, M. Mannapova, Beniwal, Mirsharipova G.K. FOOD LEGUMES IN UZBEKISTAN: THE PAST, PRESENT AND FUTURE. «Vavilovskie chteniya-2007» Materiali konferentsii, posvyahennoy 120-y godovhine so dnya rojdeniya akademika Nikolaya Ivanovicha Vavilova.  Chast 1. Saratov.  26-30 noyabrya 2007 g. 

 3. Mirsharipova G.K., Turdimetov Sh.M. Tuproq agrokimyoviy xossalariga no’xat ekinining ta’siri. G’G’ O’zbekiston biologiya jurnali, T.: “Fan”. 2007, ¹ 4,  59-62 b. 

 4. Subanova G.A. Sirdaryo viloyati bo’z o’tloqi tuproq sharoitida no’xat navlarining hosildorligi. Universitet «Yosh olimlar” Kengashi. Oliy ta’lim tizimida bo’lajak mutaxassislarning ilmiy-ijodiy faoliyatini shakllantirish muammolari. Ijodkor yoshlarning ilmiy-ijodiy ishlari materiallari. Guliston-2007 y. 

   Quyidagi maqolalar chop etish uchun nashriyotlarga berildi  

 1. Mirsharipova G.K.  No’xat  donining kimyoviy tarkibiga ekish muddatining ta’siri. G’G’ O’zbekiston qishloq xo’jaligi,  2008.T .   

2. Mirsharipova G.K. Ekish muddatining no’xat o’sishiga ta’siri.  G’G’Agrar xabarnoma, 2008. ToshDAU.

Xalqaro va respublika miqyosida anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok  etish (ma’ruza mavzusi va anjuman aniq ko’rsatilishi lozim).

1. I-Respublika innovatsion g’oya va loyihalar yarmakasida “ Mirzo’l sharoitida no’xat etishtirish texnologiyasi” mavzusidagi ishlanmalar bilan muvaffaqiyatli ishtirok etildi. Toshkent, 28.04.08...02.05.08

2. Mirsharipova G.K., Vliyanie sxem razmeheniya na vijivaemost rasteniy nuta pri osennem  poseve. G’G’«Vavilovskie chteniya-2007» Materialo’ konferentsii, posvyahennoy 120-y godovhine so dnya rojdeniya akademika Nikolaya Ivanovicha Vavilova.  Chast 1. Saratov.  26-30 noyabrya 2007 g.

3. R.S. Malhotra, S.B. Djumakhanov, N. Ergashev, M. Mannapova, Beniwal, Mirsharipova G.K. FOOD LEGUMES IN UZBEKISTAN: THE PAST, PRESENT AND FUTURE. «Vavilovskie chteniya-2007» Materiali konferentsii, posvyahennoy 120-y godovhine so dnya rojdeniya akademika Nikolaya Ivanovicha Vavilova.  Chast 1. Saratov.  26-30 noyabrya 2007 g.

O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga quyidagi navlar uchun talabnomalar topshirildi. 

 1.FLIP 98-183 c – Xalima   

2. FLIP 98-197 c – Malxotra O’zbekiston Respublikasi Davlat nav sinash komissiyasiga quyidagi navlar  topshirildi va sinovdan o’tkazilmoqda.  

1.FLIP 98-183 c – Xalima 

2.FLIP 98-197 c – Malxotra   3.FLIP 98-140 c – Asilbek     4.FLIP 98-116 c – MirOz   

OT-FZ-036-sonli «O’zbekiston va unga tutash hududlarda  tarqalgan quruqlik molyuskalarining biologik hamda  endemik evolyutsichsi ekologik mexanizmi qonuniyatlari» mavzusida 2008-2009 yillarda bajarilayotgan fundamental loyiha

I. Loyiha ijrochilari  to’g’risida ma’lumot

Loyiha ijrochilari  soni - 7

To’liq stavkada: jami - 3

O’rindosh sifatida: jami- 4

fan doktorlari-1

fan nomzodlari-1

o’qituvchilar-2

 II. Loyiha bo’yicha ishtrok etayotgan talabalar soni -3

 III. Ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalari

Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadi va vazifasi.

Maqsadi: Piskom, Ugom, Qorjantov tog’ tizmalari quriqlik mollyuskalarining ekologo-taksonomik jihatidan tahlil qilish. 

            Vazifalar:

1 Piskom, Ugom, Qorjantov tog’ tizmalari quriqlik mollyuskalari  faunasining taksonomik  va sistematik  tuzilishini aniqlash.

2.  Piskom, Ugom, Qorjantov tog’ tizmalari quriqlik   mollyuskalarining populyatsiyadagi zichligini aniqlash va balandlik mitaqalar bo’ycha taqsimlanishini o’rganish.

3.   Piskom, Ugom, Qorjantov tog’ tizmalari mollyuskalarining  ekalogiyasi va

    Hygromiidae  vakillarining biologiyasini o’rganish. 

 Loyiha bo’yicha olingan natijalar.

Nashr etildi: o’quv qo’llanmalar-1.

1. Pozilov A. Malakologiyadan laboratoriya mashg’ulotlar. GulDU.  2008.      

Ilmiy maqolalar: Xorijiy nashrlarda-, mahalliy nashrlarda-1. 

Quyidagi maqolalar chop etish uchun nashriyotlarga berildi           

Anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtrok etish uchun quyidagi  materiallar        berildi.

2008 yilning 1-yarmida bajarilgan dasturlar natijalari to’g’risida tahliliy hisobot

 Muassasada bajarilayotgan loyihalar soni:

      FTD-1    ATD-2    IID-

2. Ilmiy-texnika dasturlari va loyihalar bo’yicha erishilgan eng muhim ilmiy natijalar (jadvalga muvofiq) 

Loyiha raqami va nomi Eng muhim ilmiy natijalar Natijaning fan, ta’lim va ishlab chiqarish tizimiga joriy etilishi
V-13-282. “Resurs tejovchi va ishlatish davrida yuqori ish unumdorligini ta’minlovchi   tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning tez ajraluvchi va aylantirma tuzmali ishchi a’zolarining yangi konstruktsiyalarini ishlab chiqish”. Tez ajraluvchi, aylantirilma va tuzilmali ishchi a’zolarning eksperemental maqsadga muvofiq variantlarining ishchi chizmalari tayyorlandi va ularning  eksperemental variantlari yasaldi. Tuproq sharoitida sinash bo’yicha ekperemental tadqiqotlar o’tkazilmoqda. Ta’lim jarayoniga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tishda, hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarishda qo’llaniladi.
A-8-161. «Xorijdan keltirilgan no’xat navlaridan Mirzacho’l sharoitiga moslashgan navlarni tanlash va etishtirish texnologiyasini yaratish».  Tanlab olingan FLIP 98-183 c- Xalima, FLIP 98-197 c- Malxotra, FLIP 98-140 c- Asilbek va  FLIP 98-116 c- MirOz va   FLIP 98-152 c no’xat navlari uchun ekish muddatlari va sxemalari aniqlandi, tanlangan  no’xat nav namunalarida donning texnologik sifat ko’rsatkichlari-ekish muddati bo’yicha no’xat donining kimyoviy tarkibi va pishish darajasi aniqlandi.Fermer xo’jaliklarida va ko’paytirish petomniklari va ishlab chiqarishda ko’paytirilmoqda. Ta’lim jarayoniga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tishda, hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarishda qo’llaniladi. Tajriba natijalarining eng maqbul ko’rsatkichlari ishlab chiqarishga tadbiq etiladi va sug’oriladigan sharoitda yuqori no’xat hosilini etishtirishni ta’minlaydi.
OT-FZ-036 “O’zbekiston va unga tutash xududlarda  tarqalgan quruqlik molyuskalarining biologiyasi hamda endemik evollyutsiyasining  mexanizmi qonuniyatlari” Molyuskalar Hygromiidae oilasi       Xeropicta urug’i vakillarining ontogenetik rivojlanish bosqichlari va jinsiy organlarining shakllanishi hamda chig’anoq rangining rivojlanish bosqichlariga bog’liq ravishda o’zgarib borishi laboratoriya sharoitida  o’rganildi. Tadqiqotlar olib borilmoqda.  Olingan oraliq natijalar universitetning biologiya yo’nalishida o’qitiladigan umurtqasizlar zoologiyasi” kursi  va “Malakologiya “ maxsus kursi o’quv ishchi dasturi materiallariga  kiritilgan.