Bosh sahifa

Guliston Davlat Universiteti

     Guliston davlat universiteti O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1992 yili 28 fevraldagi farmoniga ko'ra sobiq Sirdaryo davlat pedagogika instituti zaminida tashkil qilingan.

    Universitet tarkibidagi 6 ta fakul'tet va 25 ta kafedrada 360 nafardan ortiq professor-o'qituvchilar 4452 nafar talabaga bilim bermoqdalar. Professor-o'qituvchilarning 21 nafari fan doktori, professorlar, 100 nafardan ortig'i fan nomzodlari va dotsentlardir.

    Universitet 21 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha Mirzacho'l vohasiga mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda ta'lim olayotgan talabalarning 4137 nafari kunduzgi bo'limda, 314 nafari maxsus sirtqi bo'limda tahsil oladilar. Ularning 1924 nafarini qizlar tashkil etadi.
    Universitetda aspirantlar bo'limi mavjud. Unda 4 ta yo'nalishda yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

    O'tgan 2009 yilda universitet professor-o'qituvchilari tomonidan 594 ta ilmiy maqola, 4 ta monografiya, 18 ta darslik va o'quv qo'lanmalar e'lon qilingan.

    Universitetda mintaqaviy tadqiqot markazi, qator ilmiy laboratoriyalar, Pedagogik innovatsiyalar markazi, Multimedia markazi, yosh olimlar akademiyasi faoliyat ko'rsatadi.
    Professor-o'qituvchilar va talabalarga zamonaviy ARM, 1200 o'rinli turar joyi, 9 ta oshxona va kafelar xizmat qiladi. Universitet 2 ta yopiq va 5 ta ochiq sport maydonlariga ega.